Bank haqida

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to`g`risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoni bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta`minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi ¹78-sonli karori bilan tashkil etilgan. Aksiyadorlik-tijorat "Mikrokreditbank" O`zbekistondagi yetakchi universal tijorat banklaridan biri bo`ladi.

 "Mikrokreditbank"ning asossiy vazifalari:

  • Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish;
  • Mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish;
  • Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlari ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash;
  • Mikrokredit berish va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish;
  • Ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.

  "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki faoliyati haqida video rolik