Hisobotlar

Halqaro “Fitch Reyting” reyting kompaniyasi xulosasiga ko`ra “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2008 yil faoliyati natijalari B+++ pog`onasi bilan baholandi.

Mahalliy banklararo reyting kompaniyasini “Axbor-Reyting” xulosasiga ko`ra “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2008 yil faoliyati natijalari B+++ pog`onasi bilan baholandi.

Reyting kompaniyasi "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub`yektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi eng yirik banklardan biri sifatida e`tirof etdi.

Shuningdek, "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki Respublikamizdagi boshqa tijorat banklariga nisbatan:

  • moliyaviy majburiyatlarni to`liq va o`z vaqtida bajarish bo`yicha yuqori qobiliyatli;
  • xizmat ko`rsatish infrastrukturasini shakllanganligi nuqtai-nazaridan keng qamrovli xizmat ko`rsatuvchi;
  • bank kapitali darajasi yuqoriligi, yirik banklar qatorida sanalishi va doim ishonchli mijozlar doirasini kengaytirishga qaratilgan faoliyatni olib boruvchi bank sifatida tavsiflanadi.


Bugungi kunda bank Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari orasida o`zining obro`-e`tiborini yanada oshirib borish va uning barqarorligini ta`minlash maqsadida oqilona boshqaruv siyosatini olib boradi.